XALQ DEPUTATLARI KEKEYLI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI UCHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

12.12.2024 12:23:59 78 Баспаға шығарыў

Sessiyada Xalq deputatlari Kegeyli tumani Kengashi deputatlari, fuqarolar yig‘inlari raislari, hududdagi hokim yordamchilari, idora, korxona, tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kegeyli tumanidagi Xalq qabulxonasining mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda muassasa, korxona, tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash ishlarining borishi hamda mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risidagi axboroti haqida.

Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kegeyli tumanidagi Xalq qabulxonasi boshlig‘i M. Utemuratov tuman xalq qabulxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi PQ-29-sonli Farmoni va PQ-31-son qaror talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, talabga muvofiq mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyatini o‘rganish maqsadida Prezident Virtual va Xalq qabulxonasiga 2024 yilning 11 oyi davomida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun kredit va subsidiya ajratish, bino qurish va ekin ekish uchun yer maydonlari ajratish, fuqarolar bandligini ta’minlash shuningdek, hokim yordamchisining vakolatiga taalluqli bo‘lgan murojaatlar va ularning yechimi yuzasidan monitoring o‘tkazilganini ta’kidladi.

Bundan tashqari sessiya kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2024 yil 7 noyabrdagi kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 48-sonli bayonnomasining 14-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Kegeyli tumanida suv resurslarini samarali boshqarish  suv sarfi miqdorini kamaytirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

 

Sessiya yakuni bo‘yicha barcha masalalar ko‘rib chiqilib, takliflar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kegeyli tumani hokimligi Axborot xizmati

12.12.2024 12:23:59 79