O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyuldagi 421-son hamda 2021-yil 2-avgustdagi 484-son qarorlariga muvofiq, (kater, gidrosikl, motorli qayiq va yelkanli (motorli) kema) – motorli kichik hajmli kemalarni boshqarishda kema haydovchisi guvohnomasi bo‘lishi shart. Kema haydovchisi guvohnomasi mavjud bo‘lmaganda motorli kichik hajmli kemalarni boshqarish taqiqlanadi

24.11.2021 15:14:44 225 Баспаға шығарыў

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyuldagi 421-son hamda 2021-yil 2-avgustdagi 484-son qarorlariga muvofiq, (kater, gidrosikl, motorli qayiq va yelkanli (motorli) kema) – motorli kichik hajmli kemalarni boshqarishda kema haydovchisi guvohnomasi bo‘lishi shart.
Kema haydovchisi guvohnomasi mavjud bo‘lmaganda motorli kichik hajmli kemalarni boshqarish taqiqlanadi.
Kema haydovchisi guvohnomasi mavjud bo‘lmaganda motorli kichik hajmli kemani boshqarish O‘zbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan fuqoralarga bazaviy hisoblash miqdorining bir barabari mansabdor shaxslarga esa – ikki baravari miqdorida jarima solishiga sabab boladi.
Kema haydovchisi guvohnamasini berish quydagi tartibda amalga oshiriladi:
Motorli kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish (o‘qitish) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan amalga oshiriladi.
O‘quv dasturlariga muvofiq o‘qish davomiyligi quyidagicha:
kema haydovchilarini tayyorlash ― 72 soat (12 ish kuni);
kema haydovchilarini qayta tayyorlash ― 48 soat (8 ish kuni);
kema haydovchilarining malakasini oshirish ― 36 soat (6 ish kuni).
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnoma asosida tashkil etiladi.
Shartnoma to‘lovlari quyidagi miqdorda belgilanadi:
kema haydovchilarini tayyorlash ― BHMning besh baravari;
kema haydovchilarini qayta tayyorlash ― BHMning uch baravari;
kema haydovchilarining malakasini oshirish ― BHMning ikki baravari.
Sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga kema haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kursini tugatganligi to‘g‘risida guvohnomalar hamda malaka oshirish kursini tugatganligi to‘g‘risida sertifikat beriladi.
Mazkur sertifikat kemalarni boshqarish huquqini bermaydi.
Ushbu sertifikat bilan kema haydovchisi guvohnomasini olish uchun talabgorlar (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzillari bo‘yicha) hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida tashkil etilgan attestatsiya komissiyasiga nazariy va amaliy imtihonlar topshiradilar.
Nazariy imtihonlar uchun jami 300 tadan kam bo‘lmagan test topshiriqlari va 100 tadan kam bo‘lmagan nazariy savollar mavjud.
Test sinovlari uchun har bir variant 15 ta topshiriqdan, suhbat uchun har bir bilet 3 ta savoldan iborat.
Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan talabgorlarga kemani boshqarish huquqini beruvchi kema haydovchisi guvohnomalari BHMning
bir baravari miqdorida to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng attestatsiya kotibi tomonidan beriladi.
Kema haydovchisi guvohnomalari berilgan kundan boshlab,o‘n yil muddat davomida amal qiladi.
Yuridik shaxslarga tegishli kichik hajmli kema haydovchilari ikki yilda bir marta belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida malaka oshirishlari shart.
Batafsil ma’lumotlar olish uchun telefon raqamlari:
+998997509634

Kegeyli tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi

24.11.2021 15:14:44 226