MUNOSABAT

27.09.2024 15:43:38 53 Баспаға шығарыў

Hukumat qaroriga asosan topshirilgan 1 tonna paxta uchun 1 mln so‘mdan Davlat subsidiyasi berilishi tumanimizdagi barcha fermerlarni quvontirdi, chunki fermer xo‘jaliklari klaster bilan o‘rtacha 24 senterga shartnomani tuzgan edi, fermerlar mehnati evaziga hozir dalalarda 40 sentnerdan ortiq hosil bor, shundan 24 sentnerini klasterga, qolgan 16 sentnerini birja orqali erkin sotishimiz mumkin. Hozirgi kunda jahon bozorida paxta xom-ashyosi narxi tushib ketayotgan davrda klaster va fermerlarga ushbu qo‘llab-quvvatlov o‘z vaqtida va muhim ahamiyat kasb etadi.
Oxirgi kunlarda ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda ushbu qarorni noto‘g‘ri talqin qilish, bir yoqlama fikr yuritish holatlari kuzatilmoqda. To‘g‘ri besh qo‘l barobar emas, kimdir vijdonan, kimdir yuzaki ishlaydi. Ba’zi bir tarmoq iqtisodchi-blogerlari aniq hisob-kitob bilan fikr yuritsalar yaxshi bo‘lardi. Shuni bilingki, Kengash doim bizga ko‘makchi, hisob kitoblarimizni joyiga qo‘yib berayapti, haq-huquqlarimizni himoya qilyapti, biz kabi fermerlar va fermerlarning muammolari bor ekan fermer kengashi biz fermerlar uchun kerakli deb o‘ylayman.

Aniq misollarga keladigan bo‘lsak, shu yilning o‘zida Kengash tomonidan amaliy yordam natijasida undirilmay turgan olg‘idor mablag’lari Kengashning talabnoma va da’vo arizalari orqali undirib berilishi ta’minlandi. Xuddi shuningdek tumanimizdagi barcha fermer xo‘jaliklariga ham shunday amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.

 

Kegeyli tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi Rayosati a’zosi, “Qaip maysh” fermer xo‘jaligi rahbari

Qaipov Jenisbay

27.09.2024 15:43:38 54