O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI HAQIDA NIMALARNI BILAMIZ

09.12.2022 11:27:07 146 Баспаға шығарыў

O’zbekiston Konstitutsiyasi o’n ikkinchi chaqiriq bilan respublika Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan. Shu kundan e’tiboran, O’zbekistonda 8 dekabr umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinadi.

O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgan sanadan e’tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo’lsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi o’rnatilgan.

O’zbekiston Konstitutsiyasi yaratilish jarayonida qaysidir davlatdan ko’r-ko’rona ko’chirib olinmaganligini ham inobatga olish kerak. O’zbekiston Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.

Konstitutsiyaning yuridik kuchi

Konstitutsiyaga ko’ra, O’zbekiston – Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan bo’lib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi ko’rsatib o’tilgan.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega: prezident Konstitutsiyaga, qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar qabul qiladi.

Konstitutsiyada O’zbekiston prezidenti, fuqarolar tomonidan umumiy, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan besh yil muddatga saylanishi belgilangan.

O’zbekiston Konstitutsiyasida jamiyat hamda davlatning hayotidagi eng muhim masalalar umumiy ovoz (referendum)ga qo’yilib, hal qilinadi.

Konstitutsiyada O’zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi hamda prezidenti ish olib borishi ko’zda tutilgan bo’lib, Davlat hokimiyati esa uchga – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo’linadi.

O’zbekiston Konstitutsiyasida, davlat, o’z faoliyatini inson hamda jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolatga qonuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi.

O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. Biroq, respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat hamda elatlarning tillari, urf-odatlari ularning an’analari hurmat qilinishini ta’minlanishi, rivojlanishlari uchun shart-sharoit yaratilishi ham nazarda tutilgan.

Mamlakatda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’libgina qolmay, o’z hududida va uning tashqarisida ham o’z fuqarolarini huquqiy himoyasini ta’minlaydi.

Konstitutsiya, shuningdek, O’zbekiston fuqarolarining o’z vatanlari ichida erkin harakatlanishlari, istagan joylariga ko’chib borib yashash huquqlarini ham kafolatlaydi.

Konstitutsiyada, har kim erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi ko’rstilgan. Unga ko’ra, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishiga yo’l qo’yilmaydi.

Jinoyatda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda ko’rib chiqilmaguncha qiynoqqa solinishi, unga nisbatan zo’ravonlik, shavqatsiz yoki qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar olib borish mumkin emasligi to’g’risida ko’rsatilgan.

Kegeyli tumani adliya bo’limi

Inson huquqlarini himoya qilish

va huquqni qo’llash amaliyoti

bo’linmasi bosh maslaxatchisi

  B.B.Ikmetullaev

09.12.2022 11:27:07 147