Barcha Chet el sarmoyasi ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar diqqatiga!

03.07.2020 12:57:36 482 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog’iston Respublikasi Kegeyli tumanida ro’yhatdan o’tgan barcha Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, chet eldan mablag’ olgan tashkilotlar chet elga investitsiyalashni amalga oshiruvchi korxonalar eksport importni amalga oshirgan korxonalar (banklar va boshqa kredit takshkilotlardan tashqari) 1-invest shakli choraklik (O’zbekiston respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va O’zbekiston Respublikasidan chet elga yo’naltirilgan investitsiyalar to’g’risida) hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 29-sanasidan kechiktirmay eStat 3.0 avtomatlashtirilgan tizim orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishlar lozimligi yuzasidan ogohlantirib o’tamiz.

Hisobotlar internet tarmog’i vositasida, davlat statistika hisobotlarini  elektron ko’rinishda yig’ishni avtomatlashtirgan tizimi eStat 3.0 elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi. eStat 3.0 tizimida mavjud davlat statistika hisobotlarining shablonini O’zbekiston respublikasi Davlat statistika qo’mitasining www.stat.uz saytidan olishingiz mumkun.

2020 yil uchun yuqoridagi davlat statistika hisobotlarini taqdim etuvchi sub’ektlar ruyxatini davlat statistika qumitasining rasmiy veb sayti   www.stat.uz ga kirgan holda u erdagi interaktiv xizmatlar bulimidan shakllar ro’yxati saxifasiga korxona va tashkilotning xos STIR (INN) kodini tergan holda  bilib olishingiz mumkunligini eslatib o’tamiz.

Kegeyli tumani statistika bo’limi

03.07.2020 12:57:36 483