DEPUTATLAR UCHUN O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI.

17.01.2025 15:36:39 27 Баспаға шығарыў

Bugun tuman hokimligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tashabbusi bilan Xalq deputatlari Kegeyli tumani Kengashi deputatlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda ma’ruzachilar tomonidan deputat faoliyatining qonuniy asoslari, saylovchilar murojaatlari bilan ishlashda ularning bajaradigan xizmati va mas’uliyatini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tadbirda deputatlarning saylangan okrugi hududidagi muammolar, davlat dasturlarining tegishli davlat organlari tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilish, mahalla faollari bilan ishlashni yanada kuchaytirish borasidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

17.01.2025 15:36:39 28