Bugun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Kegeyli tumani Kengashiga deputat A.Allaniyazova o‘zi saylangan okrug hududida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashdi.
Shundan so‘ng hududdagi 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, yangi yil bayrami bilan tabrikladi va farzandlariga yangi yil sovg‘alarini topshirdi.
Shuningdek, ta’lim sohasida uzoq yillar mehnat qilib, yosh avlodga o‘zining chuqur bilimlarini berib kelgan nuroniy ustoz A.Nurillayevaning xonadonida bo‘lib, bayram bilan tabrikladi.