KEGEYLIDA “SALOMAT HAYOT UCHUN 5000 QADAM” SHIORI OSTIDA PIYODA YURISH MARAFONI O‘TKAZILDI.

10.04.2025 08:38:08 1 Баспаға шығарыў

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoniga asosan, “har haftaning to‘rtinchi kunini jismoniy tarbiya va sport kuni” sifatida belgilash ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu Farmonga asosan bugun Kegeyli tumani markazida “Sog‘lom turmush uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni tashkil etildi.

Marafonda keng jamoatchilik vakillari, tuman Kengashi deputatlari, nuroniylar, muassasa, korxona xodimlari, sportchi yoshlar va sog‘lig‘iga befarq bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etdi.

Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi sog‘lom turmush tarzini shakllantirib, kelajak avlodlarning har tomonlama sog‘lom avlodlarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

10.04.2025 08:38:08 2