Sessiyaga Xalq deputatlari Kegeyli tumani Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, fuqarolar yig‘inlari raislari, hududdagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, idora, korxona, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibida:
Kegeyli tumanida 2024-2025 yillarda tanlab olingan eng og‘ir mahallalarda amalga oshiriladigan ishlarning borishi to‘g‘risida.
Kun tartibidagi masala bo‘yicha Kegeyli hokimining moliya-iqtisodiy va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Allambergenov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlikka tomon” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarorida belgilangan vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Bundan tashqari sessiya kun tartibida Kegeyli tumanining 2025 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan Kegeyli tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Karamatdinov 2025 yilda Kegeyli tumani byudjeti daromadlari 31 mlrd 996 mln 166 ming so‘m miqdorida rejalashtirilayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, kun tartibida Kegeyli tumani hokimligi tomonidan “Ayollar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi haqida, Kegeyli tumani xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi Z.Qosetova axborot berdi.
Bundan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining
2024 yil 4 dekabrdagi 37-B hamda 38-B-sonli farmoyishlari to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilib, asosan Allambergenov Anvar Axmadievichni Kegeyli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga hamda Tileulesov Arislanbek Auezovichni Kegeyli tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga tasdiqlandi.
Sessiya yakuni bo‘yicha barcha masalalar ko‘rib chiqilib, takliflar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.








