Davlatimiz rahbari tomonidan hayotga tatbiq qilinayotgan «Og’ir hudud» dasturi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlardan orqada qolgan ko’plab aholi punktlarida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizning munosib turmush sharoitlariga ega bo’lishi uchun asos yaratib berdi. Shu kunlarda ham dastur doirasida ishlar tizimli davom ettirilmoqda. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Qoraqalpog’iston hududiy filiali tarkibidagi mehnat jamoalari tomonidan Kegeyli tumani, «Eshon qal’a» ovul fuqarolar yig’inida ham aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tumandagi «Xalqobod» nimstantsiyasidan elektr energiyasi yetkazib beriladigan ovulda 122 dona temir-beton ustunlar o’rnatilishi belgilangan bo’lib, bugungi kunga qadar 60 donasi tiklandi. Ishlarni to’liq tugatish natijasida 60 dan ortiq xonadonlarning elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanadi.
✍?«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Qoraqalpog’iston hududiy filiali matbuot xizmati
OG’IR HUDUDDA ISH QIZG’IN
07.01.2023 14:23:27
517