O‘zLiDeP Kegeyli tumanlik Kengashi, tumanlik oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Tadbirkor ayol” tanlovining tumanlik bosqichi tashkil etildi. Tanlovning maqsadi xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni keng yoyish maqsadida ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliy yordamlar ko‘rsatishdan iborat.
Tanlovda hakamlar hay’ati tomonidan tadbirkor ayollarning mahsulotlari ko‘rgazmalari ko‘rib chiqildi.
Natijada faxrli 1-o‘rinni “Quyoshli” mahalla fuqarolar yig‘inidan Perdebayeva Gulnur, 2-o‘rinni “Gujim terak” mahalla fuqarolar yig‘inidan Kamalova Maryam, 3-o‘rinni “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inidan Utebayeva Moldir egalladi.
Tanlov g‘oliblariga Faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Tanlov g‘olibi G.Perdebayeva Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.









