Shu maqsadda, Kegeyli tumanida 2025-yil hosili uchun g‘alladan bo‘shagan jami 1030 gektar maydon takroriy ekinlar bilan to‘liq o‘zlashtirilmoqda. Bu jarayonda tumandagi fermer xo‘jaliklari va dehqonlar tomonidan agrotexnik qoidalarga qat’iy amal qilinmoqda tuman fermerlar kengashi va qishloq xo`jaligi mutaxasislari tomonidan korsatma va maslaxatlar berib kelinmoqda.

📊 Takroriy ekinlar tarkibi quyidagicha rejalashtirilgan:
Sabzavot ekinlari – 120 gektar
Poliz ekinlari – 60 gektar
Kartoshka – 50 gektar
Moyli ekinlar – 100 gektar
Dukkakli ekinlar – 512 gektar
Ozuqa ekinlari – 88 gektar
Mazkur ekinlar eksportbop, yuqori hosildorlikka ega navlar asosida tanlab olinib, har bir fermer xo‘jaligi tomonidan agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatda va sifatli amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, takroriy ekinlar uchun zamonaviy, suvni tejovchi texnologiyalar joriy etilayotgani e’tiborga molik.
🚜 Alohida faollik ko‘rsatayotgan ilg‘or fermer xo‘jaliklar:
“TBP Baltamurat klaster” fermer xo‘jaligi
“Borili oy” fermer xo‘jaligi
“Balent qirman” fermer xo‘jaligi
“Izbaganbet awil” fermer xo‘jaligi
“Qabil Maxsetbaev” fermer xo‘jaligi
“Alpisbay Turdibaev” fermer xo‘jaligi
“Qayip Mayshi” fermer xo‘jaligi
“Otkirbek Otkirbaev” fermer xo‘jaligi
“Juldiz” fermer xo‘jaligi
“Raman basliq” fermer xo‘jaligi
“Rafat Raxat” fermer xo‘jaligi
“Abat awil” fermer xo‘jaligi
“Shrypov Ilqam” fermer xo‘jaligi
“Paxtakek Dawletbeke” fermer xo‘jaligi
“Kegeylishi Ernazar” fermer xo‘jaligi
“Setnazar Erjanov” fermer xo‘jaligi
“Qunnazarova Liza” fermer xo‘jaligi
“Gulbiy jer” fermer xo‘jaligi
“Yusip Qazayaqli” fermer xo‘jaligi
“Nurmanbet Xalqabatshi” fermer xo‘jaligi
Tumanda olib borilayotgan bu kabi tizimli ishlar – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport hajmini oshirish va ichki bozorni narx-navo barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Kegeylishi dehqon va fermerlar bugungi murakkab iqlim va iqtisodiy sharoitlarda yurtimiz farovonligi yo‘lida o‘zining fidokorona mehnati bilan ulkan hissa qo‘shmoqda.








