XALQ DEPUTATLARI KEGEYLI TUMAN KENGASHINING O‘NINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

23.07.2025 15:15:51 3 Баспаға шығарыў

Kegeyli tumani hokimligi majlislar zalida sessiya ochildi. Sessiyani tuman hokimi A.Kamalov boshqardi.

Sessiya majlisi kun tartibida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha 2025-yilning birinchi yarmi davomida tuman hududida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori I.Abdullayevning axboroti tinglandi.

Shuningdek, Kegeyli tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Sherimbetovning 2025 yilning birinchi yarim yilligi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Shundan so‘ng Kegeyli tumani Adliya bo‘limi boshlig‘ining 2025 yilning birinchi yarim yilligi davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi ishlari hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Sessiya kun tartibida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Kegeyli tumani bo‘limi boshlig‘i M.Xoshanovning mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2025 yilning birinchi yarim yilligi davomidagi daromadlari va xarajatlarining bajarilishi bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida hamda Kegeyli tumani hududidagi mahallalar va ovullarning chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilib, fikr-mulohazalar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

23.07.2025 15:15:51 4