ADABIY KECHA TASHKIL ETILDI.

28.04.2025 15:40:14 0 Баспаға шығарыў

Bugun Kegeyli tumani axborot-kutubxona markazida O‘zLiDeP tuman Kengashi tomonidan “Durdona” loyihasi asosida xotin-qizlar ishtirokida adabiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi deputati N.Ametova, tumanlik Kotibiyat boshlig‘i B.Iskenderov, O‘zLiDeP tumanlik Kengashi apparat boshlig‘i P.Bayjanov hamda tumanlik Kengash deputatlari hamda tuman hokimligi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad yoshlar o‘rtasida kutubxonachilik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularning qobiliyatlarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash etib belgilangan.

Adabiy kecha davomida adabiyotimizning bebaho durdonalari sanalgan bir-biridan ajoyib she’rlar o‘qildi.

28.04.2025 15:40:14 1