Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi

03.06.2024 18:30:50 122 Баспаға шығарыў

Kegeyli tumani IIBda “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” doirasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning 2024-yil 31-may kunidagi 135-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Kegeyli tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2024-yil 1-iyun kuni “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonunbuzilish holatlarining asosiy qismi fuqarolar tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarlik uchun chora ko‘rmaslik, jazoni yengillashtirish, to‘plangan hujjatlarni qasddan sudga yubormaslik kabi harakatlarda namoyon bo‘layotganligi ta’kidlanib, asosan Ichki ishlar organlari xizmatiga yangi qabul qilingan yosh xodimlar o‘rtasida korrupsion jinoyatlarni oldini olish borasidagi ishlar yanada jadallashtirildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari hamda aholi o‘rtasida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida, Kegeyli tumani IIBning ma’muriy binosida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan targ‘ibot burchagi tashkil etilib, korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishni aks ettiruvchi buklet va flayerlar tayyorlandi hamda har bir xodimning xizmat xonasida bo‘lishi ta’minlandi.

Shuningdek, Kegeyli tumani Ichki ishlar bo‘limida “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar tomonidan qo‘l ostidagi xodimlari va ularning oila a’zolari o‘rtasida “Poraxo‘rlik va tamagirlik – Vataniga, xalqiga, kasbiga va oilasiga xiyonatdir” degan g‘oyani ilgari surgan holda tarbiyaviy-profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Kegeyli tumani Ichki ishlar bo‘limi.

 

 

 

03.06.2024 18:30:50 123